Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«50 dollar bermasang, oyoq-qo‘lingni sindiraman»: jinoyatchi qo‘lga tushdi

«50 dollar bermasang, oyoq-qo‘lingni sindiraman»: jinoyatchi qo‘lga tushdi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 17-may kuni fuqaro A.Botir Toshkent shahri Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda «Shoxrob» ismli tanishi unga qo‘ng‘iroq qilib, 50 AQSh dollari berishni talab qilayotganligi, «ushbu pulni bermasang, urib oyoq-qo‘lingni sindiraman», deb qo‘rqitib, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid qilib kelayotganligi, ushbu shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

O‘z navbatida fuqaro A.Botirning arizasi yuzasidan 2021-yil 18-may kuni soat 00:20 da Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Yunusobod tumani 11-mavzeda joylashgan «TET-A-TET» kafesi yonida o‘tkazilgan tadbir davomida, «Shoxrob» ismli shaxs fuqaro A.Botirdan talab qilingan 50 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida «Shoxrob» ismli shaxsning shaxsiga aniqlik kiritilib, u 26 yoshli fuqaro ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bergan.

Jinoyat ishi doirasidagi tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring