5 yoshli bolakay topilib, onasiga qaytarildi

Kecha, tahminan soat 15:00da 102 raqami orqali bola yo‘qolgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi N. A. qo‘ng‘iroq qilib, «O‘zbekiston Milliy banki» yonidagi avtobus bekatida 5 yoshli o‘g‘li yo‘qolib qolganini ma’lum qilgan. Yunusobod tuman IIB xodimlari darhol qidiruv ishlarini boshladi.
Oradan ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqda «Jasmina O‘rinboyeva» nikli foydalanuvchi Yunusobod tumani, «Minor» mahallasi xududida bola topilgani haqida post qoldirdi. Bolaning ismi Muhammad, yoshi esa 5 da ekani aytilgan. Post muallifi bolakayning ota-onasini topishda yordam berishlarini so‘ragan.
Shunday qilib, xushyor fuqarolarning yordami bilan IIBB xodimlari bolakayni onasiga qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter