Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 ming so‘m uchun ishdan haydalgan shifokor vazifasiga tiklandi

5 ming so‘m uchun ishdan haydalgan shifokor vazifasiga tiklandi

Foto: «Adolat» SDP

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limida ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m talab qilishganligi, bo‘limda sanitariya talablariga rioya to‘liq rioya etilmayotganligi bo‘yicha videomurojaat tarqalgandi. 

Tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2021 yil 1 iyuldagi buyrug‘i bilan Azamat G‘oziyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingani ma’lum bo‘lgandi.

O‘zbekiston «Adolat» SDP viloyat va tuman Kengashi deputatlari, faollar bilan bo‘lib o‘tgan holat atroflicha o‘rganilgan.

Qayd etilishicha, tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotda feldsher Azamat G‘oziyev har tomonlama yaxshi ishlashi haqida ma’lumot berilgan. Shundan so‘ng muolaja feldsheri Azamat G‘oziyevni o‘z o‘rniga qayta tiklash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar hamkorligida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borilgan.

Natijada, shifoxona kunduzgi muolaja feldsheri Azamat G‘oziyev yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘z o‘rniga ishga tiklangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring