5 kunlik chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotgan ona qo‘lga olindi (foto)
Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro B.S o‘zining 2021-yil 8-oktyabr kuni tug‘ilgan, farzandini 5.000 (besh ming) AQSh dollari evaziga sotgan vaqtda ushlandi va undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.
Fuqaro B.S.ning voyaga yetmagan farzandi Sirdaryo viloyati «Bolalar uyi»ga topshirildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb yozadi Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter