Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5-avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

5-avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

Foto:«Xs.uz»

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yettinchi kuni (5-avgust) natijalari e’lon qilindi.

DTM xabariga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent moliya institutining 5230600 – Moliya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent davlat agrar universitetining 5410300 – O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 146,3 ball;

Kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Namangan davlat universitetining 5111306 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda ta’lim yo‘nalishi – 130,6 ball.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet orqali ya’ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritgan holda ko‘rish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring