41 va 80 yoshli bemorlar koronavirus sabab vafot etdi
Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 80 yoshli bemor O.A. (erkak) joriy yil 28-iyul kuni Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashagan 41 yoshli bemor F.T. (erkak)da «COVID-19» infeksiyasi tasdiqlangach, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga ham «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi kabi asoratlar bilan kechgan.
Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘pka shishidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter