Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

400 ming doza Moderna vaksinasi yo‘q qilindi — Uganda

400 ming doza Moderna vaksinasi yo‘q qilindi — Uganda

Foto: «NEWSru.co.il»

Sharqiy Afrikada joylashgan Uganda mamlakati hukumati Moderna kompaniyasi ishlab chiqargan 400 ming doza vaksinani yo‘q qilishga majbur bo‘ldi. Chunki vaksinalar yaroqsiz holatga kelib qolgan...

«Moderna vaksinasi juda past haroratda saqlanadi, foydalanishdan oldin eritish kerak. Yaqinda Achole tumaniga 500 ming doza Moderna vaksinasi yuborilgandi. Vaksinani eritishgan, biroq 30 kun ichida faqat 100 ming dozasini qo‘llashga ulgurishgan. Qolganlari esa eritilgan holatda ko‘p turib yaroqsiz holatga kelib qolgan», — Uganda sog‘liqni saqlash vaziri Jeyn Asengdan iqtibos keltirdi «Nayl post nyuz».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring