40 yil avval topilgan suyaklar taniqli gitarachiniki bo‘lib chiqdi

AQSh politsiyasi qariyb 40 yil avval topilgan skelet egasini aniqladi, deya xabar berdi CNN.
1982-yilning fevralida Ogayo shtatining Tvinsburg shahrida odam suyaklari solingan xalta topilgan, marhumning kimligi shu paytgacha aniqlanmagandi.
Kriminalistlar halok bo‘lgan insonning qarindoshlari kimlar bo‘lishi mumkinligini aytishdi, deb yozmoqda CNN.
Skelet Frenk Littl (Kichik)ga tegishli. U rok-n-rol shon-shuhrati zaliga kiritilgan «The O‘Jays» guruhining gitarachisi va qo‘shiqlar muallifi bo‘lgan.
Artistni oxirgi marotaba 1970-yillarda ko‘rishgan, so‘ngra u izsiz yo‘qolgan.
Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, Frenk Littlning boshiga o‘tmas narsa bilan urib o‘ldirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter