Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

40 milliard dollarlik shartnoma bekor qilindi

40 milliard dollarlik shartnoma bekor qilindi

Foto: «Hurriyet.com.tr»

AQSh prezidenti Donald Tramp kecha 2015-yili Eron bilan imzolangan yadroviy bitimdan voz kechish haqida qaror qabul qilganidan so‘ng «Boing» va «Airbus» kompaniyalari Eron bilan tuzilgan 40 milliard dollarlik samolyot sotish bo‘yicha sharnomani bekor qildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin Amerikaning «Boing» hamda Yevropaning «Airbus» kompaniyalarining Eronga yo‘lovchi samolyoti sotish bo‘yicha litsenziyalari bekor qilinganini aytdi.

Bitim 2015-yil iyun oyida kuchga kirgandan so‘ng Obama hukumati 2016-yilning oxirlarida 1979-yildan beri Amerika embargosi ostidagi Eronga samolyot sotish bo‘yicha litsenziya bergan edi. O‘sha paytda «Boing» va «Airbus» kompaniyalari Eron bilan 40 milliard dollarlik shartnoma tuzgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring