4 yoshli Mirziyo alanga o‘chog‘idan qutqarib olindi

Bugun, 7-noyabr kuni Navoiy shahar FVB YoXB navbatchilik qismiga M.Tarobiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning oshxonasida yong‘in yuz bergani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabar olingach, boshqarma qutqaruvchilari 1 ta qutqaruv va 2 ta yong‘in o‘chirish texnikalari bilan voqea joyiga zudlik bilan yetib borishdi.

Yong‘in o‘chirish avtonarvoni to‘rtinchi qavatga o‘rnatilib, maxsus gidravlik qaychi yordamida xonadonning temir panjaralari kesib olindi va alanga ichida qolgan 4 yoshli bolakay qutqaruvchilar: X.Haqberdiyev, G‘.Rajabov B.Elmurodov, F.Xalimovlar tomonidan qutqarib olindi.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 2015 yilda tug‘ilgan Mirziyo sog‘-salomat ota-onasiga topshirildi.
Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter