Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zining vazni 44 kg bo‘la turib 4 tonna yukni ko‘tara oladi (video)

O‘zining vazni 44 kg bo‘la turib 4 tonna yukni ko‘tara oladi (video)

Foto: «ITC.ua»

Og‘irligi 44 kilogramm keladigan, ko‘rnishidan o‘yinchoq tankka o‘xshaydigan, biroq 4 tonnagacha yukni ko‘tarishga qodir robot yaratildi, deb xabar berdi «ITC.ua».

«Trailer Valer RRVR»ning bazoviy versiyasi 2100 dollarga baholandi, u 1,6 tonnagacha yukni ko‘tarishga qodir. Shuningdek, 2,5 tonna yukni ko‘tara oladigan variant (3400 dollar) va 4 tonna yukni ko‘tarishga qodir variant (4100 dollar) ham mavjud.

Bu robot nega kerak? Masalan, og‘ir yuk avtomobillarini garajga olib kirish yoki cheklangan makonda uning holatini o‘zgartirish uchun kerak.

Robotning harakatini zanjirli uzatmalar tashkil etganligi sabab, u o‘z o‘qi atrofida bemalol aylana oladi. Bundan tashqari, zanjirli uzatmaning yana bir o‘ziga xos jihati — u o‘t, qum va hatto toshlar ustida ham bemalol harakatlana oladi.

Robot ichida to‘rtta elektromobot mavjud bo‘lib, 30 daqiqa davomida uzluksiz ishlaydi. Akkumulyatorlarning bir martalik quvvati ham shunchaga yetadi.

«Trailer Valer RRVR» — bu tijorat maqsadida ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kompaniya uni buyurtmachilarga yetkazib berishni boshlab yubordi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring