Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

383 nafar talaba nomdor stipendiyalar sohibiga aylandi

383 nafar talaba nomdor stipendiyalar sohibiga aylandi

383 nafar talaba Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

2021/2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi — 56 nafar;

Navoiy nomli davlat stipendiyasi — 136 nafar;

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi — 85 nafar;

Beruniy nomli davlat stipendiyasi — 64 nafar;

Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi — 19 nafar;

Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi — 11 nafar;

Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi — 2 nafar;

Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi — 4 nafar;

To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi  — 6 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring