Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

380 000 AQSh dollariga «baraka» qilingan savdo... «yemadi»!

380 000 AQSh dollariga «baraka» qilingan savdo... «yemadi»!

Foto: «forbes.kz»

Yetmish sotix qup-quruq yer maydoni 380 ming AQSh dollariga «baraka» qilingandi, biroq savdo ayanchli yakun topdi. Nega?

Voqea mana bunday bo‘ldi.

Fuqaro S.T.ga qarashli «S» fermer xo‘jaligiga Toshkent viloyati Zangiota tumanida 1.5 gektar yer maydoni ajratilgandi. Shunchaki emas, albatta. Bundan murod nooziq-ovqat mahsulotlari hamda meva sabzavotlarini quritish, qayta ishlash va qadoqlash sexlari qurish ediki, tuman hokimi  qarorga imzo chekkanining boisi shunda. Biroq fermerning o‘g‘li ajratilgan yer maydonining qariyb yarmini sotish payiga tushsami?! Aholi soni yildan yilga ortib borar ekan, yerning har qarichi tilloga tenglashib boraveradi. Poytaxt biqinidagi tumanda-ku, inchunin! Shu sabab 70 sotix yer maydoniga xaridor ham tezda topildi. Kelishildi: 380 ming AQSh dollari. 

Ammo  savdo «yemadi»: xaridor tegishli organga murojaat qilib ulgurgan ekan: kelishilgan summaning 50 mingini olayotgan paytda qo‘lga tushdi «sotuvchi»!

Bosh prokuratura matbuot xizmatining mahkama huzuridagi departament ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, holat yuzasidan firibgarlik ayblovi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring