Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+314. Bir kunda ikki bemor koronavirusdan vafot etdi

+314. Bir kunda ikki bemor koronavirusdan vafot etdi

2021-yil 3-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92320 (+314) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
5 nafari Andijon viloyatida,
6 nafari Buxoro viloyatida,
5 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
39 nafari Samarqand viloyatida,
5 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
8 nafari Farg‘ona viloyatida,
11 nafari Xorazm viloyatida,
32 nafari Toshkent viloyatida,
188 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 655 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3407 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring