«30 tezlikdan oshganga jarima» — Maktab va bog‘chalar yaqiniga radarlar qo‘yiladi
O‘zbekistonda endi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida, tezlik chegarasi 30 kilometr/soat qilib belgilangan hududlarda tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar tomonidan aniqlanishi amaliyotga joriy qilinadi. Bu haqda IIV JXD YHXX matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldidagi yo‘llarda transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Avvalroq maxsus kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlay boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter