30-o‘lim. Og‘ir ahvolda shifoxonaga tushgan bemor vafot etdi
Joriy yilning 1-iyul kuni poytaxtimizda yashovchi 65 yoshli V.M. (erkak kishi) o‘ta og‘ir ahvolda Ibn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult)ning ikkinchi bor qaytalanishi (birinchi holat 2020 yil iyun oyida yuz bergan), gemorragik insult tashxisi qo‘yilgan.
Bemorga Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.
Joriy yilning 3-iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter