30 nafar Nobel mukofoti sohibi muhim hujjatga imzo chekdi
10-iyun kuni Vatikanda urush, yadro quroli tarqalishi, diktatura, korrupsiya va quldorlikka qarshi tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan 30 nafar Nobel mukofoti sohiblari tinchlik deklaratsiyasiga imzo chekdilar.
«Qurolli ziddiyatlar to‘xtalishini talab qilamiz. Yadro quroli va minalarga o‘rin yo‘q. Ta’qiblar, etnik qirg‘inlar, diktatura, korrupsiya va quldorlikka barham berish vaqti allaqachon keldi», – deyiladi hujjatda.
Deklaratsiyani Vatikanning markaziy maydonida yig‘ilgan izdihomga 2018-yilda Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan iroqlik Nadya Murod o‘qib eshittirgan.
Muhim hujjatga Polsha, Kolumbiya va Kosta-Rika davlatlarining sobiq prezidentlari Lex Valensa, Xuan Manuel Santos va Oskar Arias Sanches ham imzo chekkan.
Deklaratsiyada insoniyat kelajagi tinchlik, adolat va tenglikka bog‘liq ekani ta’kidlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter