Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 nafar bolani yoqib yuborish bilan qo‘rqitgan ayol voqeasi Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi

3 nafar bolani yoqib yuborish bilan qo‘rqitgan ayol voqeasi Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi

Telegram-kanallarda bir ayolning 3 nafar kichik yoshdagi bolalarga nisbatan shavqatsiz muomalada bo‘lib, ularni yoqib yuborish bilan bevosita tahdid qilishi aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan bayonot berdi.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat Xorazm viloyati, Urganch tumanida bo‘lgan. Hozirda bu holatni to‘la aniqlash bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan surishtiruv ishlari olib borishga kirishildi. Bolaning hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasidadir. Holat bo‘yicha  qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, mazkur hodisa Bolalar ombudsmanining alohida nazoratiga olingan.

Ma’lumot uchun, bolalarga nisbatan bunday jinoiy harakatlar ularning ota-onasi yoki boshqa yaqin qarindoshlari tomonidan sodir etilishidan qat’iy nazar, aybdor shaxslarni qonunda ko‘zda tutilgan javobgarlikka tortiladi. 

Eslatib o‘tamiz, uzoq yillar mobaynida yuridik oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, sud va prokuratura organlari tizimida samarali foliyat ko‘rsatib kelgan 1-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlar doktori, professor Surayyo Rahmonova 28 oktyabr kuni Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili etib saylangandi.

Bunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan Aliya Yunusova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «mavjud vaziyat» sabab o‘z istagi bilan ishdan ketayotganini ma’lum qilgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring