Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talon-toroj bo‘lgan achchiq qalampirlar. 3 mlrd. so‘mlik ko‘chatlar egalariga yetib bormadi

Talon-toroj bo‘lgan achchiq qalampirlar. 3 mlrd. so‘mlik ko‘chatlar egalariga yetib bormadi

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-yanvardagi “Respublikada xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 62-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.

Aniqlanishicha, “D.D.” MChJ tomonidan 431 ta fermer xo‘jaligiga 3 mlrd. 148 mln. so‘mlik ko‘chatlar yetkazib berilmasdan, ushbu mablag‘lar fermer xo‘jaliklari hisobiga qaytarilmasdan, “D.D.” MChJ tomonidan o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj etilgan. Natijada 431 ta fermer xo‘jaligining tijorat banklardan olgan kredit mablag‘lari hisobiga 31 mlrd. 064 mln. 204 ming so‘m miqdorda kredit qarzdorligi yuzaga kelgan.

Bundan tashqari, “D.D.” MChJ mansabdor shaxslari To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a va Amudaryo tumanlarida tomorqa yer egalari bilan ko‘chat yetishtirib berish yuzasidan shartnoma tuzib, 352 nafar ko‘chat yetishtirib beruvchilarga jami 2 mlrd. 619 mln. 400 ming so‘m pul mablag‘larini to‘lab bermagan.

Mazkur holat yuzasidan, “D.D.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring