Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3-aprel. Kolumb va Chaplinning qaytishi, yarim ot kuchi, Jomolungma ustidagi samolyot, Bill Geyts yo‘qotgan 12 milliard va boshqa voqealar

3-aprel. Kolumb va Chaplinning qaytishi, yarim ot kuchi, Jomolungma ustidagi samolyot, Bill Geyts yo‘qotgan 12 milliard va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Ikkinchi respublika e’lon qilingan kun (Gvineya).

Voqea-hodisalar

  • 1502-yil — Xristofor Kolumbning to‘rtinchi ekspeditsiyasi boshlandi.
  • 1559-yil — Kato-Kambreziya tinchlik sulhi imzolandi. Italiya urushlari (1494 — 1559-yillar) yakuniga yetdi.
  • 1836-yil — Rossiyada birinchi temiryo‘lni qurish to‘g‘risidagi qaror chiqdi.
  • 1860-yil — AQShda transkontinental pochta xizmati ishga tushdi. Otliq kurerlarning har biri 75 kilogrammdan pochtani 3 ming kilometrga 10 kun ichida yetkazardi.
  • 1879-yil — Sofiya Bolgariya poytaxtiga aylandi.
  • 1885-yil — nemis ixtirochisi Gotlib Daymler o‘zining birinchi yarim ot kuchiga teng dvigateli uchun patent oldi.
  • 1896-yil — Milanda Yevropadagi eng nufuzli sport nashri — «La Gazzetta dello Sport»(«La Gazzetta dello Sport»)ga asos solindi.
  • 1905-yil — Argentinaning eng mashhur futbol klublaridan biri — «Boka Xuniors» tashkil topdi.
  • 1907-yil — Saskachevan universiteti (Kanada) tashkil etildi.
  • 1910-yil — Shimoliy Amerikaning eng baland cho‘qqisi — Mak-Kinli (hozirgi nomi Denali, Alyaska, balandligi 6193 metr) birinchi marta zabt etildi.
  • 1911-yil — Buyuk Britaniyada aholini ro‘yxatga olish natijalari e’lon qilindi. O‘n yilda mamlakat aholisi 9,1 foiz ko‘payib, 45 mln. 216,6 ming kishini tashkil etdi.
  • 1928-yil — «Alisa mo‘’jizalar mamlakatida» asari qo‘lyozmasi amerikalik xaridorga 15400 funt sterling(75260 dollar)ga sotildi.
  • 1933-yil — jarroh Yuriy Voronoy Xerson shahrida dunyoda birinchi bo‘lib buyrakni ko‘chirib o‘tkazdi.
  • 1933-yil — Jomolungma cho‘qqisi ustidan ilk marotaba samolyot uchib o‘tdi.
  • 1936-yil — mashhur uchuvchi Charlz Lindbergning o‘g‘lini o‘g‘irlashda ayblangan Bruno Hauptmann qatl etildi.
  • 1945-yil — Koshitse(Slovakiya)da Chexoslovakiya hukumati tuzildi.
  • 1948-yil — AQSh prezidenti Harri Trumen Marshall planini tasdiqladi. Sobiq ittifoq loyihada qatnashishdan bosh tortdi.
  • 1955-yil — Parijda «L’Équipe» jurnali tashabbusi bilan sakkiz mamlakat vakillari futbol jamoalari uchun Yevropa chempionlari kubogini ta’sis etishga kelishib oldilar.
  • 1966-yil — «Luna-10» avtomat stansiyasi birinchi bo‘lib Oy orbitasiga chiqdi.
  • 1967-yil — «Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari» filmi premerasi.
  • 1968-yil — Stenli Kubrikning «2001 yilning kosmik odisseyasi» filmi premerasi. Keyinchalik film kinofantastika janri tarixidagi eng yaxshi kinoasar deya e’tirof etildi.
  • 1972-yil — yigirma yillik tanaffusdan so‘ng Charli Chaplin AQShga qaytdi.
  • 1975-yil — Robert Fisher chempionlikka da’vogar Anatoliy Karpovga qarshi dona surishdan bosh tortgani uchun shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonidan mahrum etildi.
  • 1976-yil — Fransiyada kino sohasidagi yuksak mukofot — «Sezar» ilk sohiblariga topshirildi.
  • 1984-yil — «Soyuz T-11» fazoga uchirildi. Uning bortida sobiq ittifoqning ikki fazogiridan tashqari hindistonlik ilk kosmonavt ham bor edi.
  • 1987-yil — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti binosida chekish taqiqlandi.
  • 2000-yil — sayyoramizning eng boy kishisi, amerikalik tadbirkor Bill Geyts «Microsoft» aksiyalari qiymati keskin pasayishi tufayli 12 mlrd. dollar zarar ko‘rdi.
  • 2007-yil — «V150» elektropoyezdi tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi — 574,8 km/soat.
  • 2017-yil — Sankt-Peterburg metrosida terrorchilik xuruji kuzatildi. Portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 87 inson jarohatlandi.

Tavallud kunlari

  • 1783-yil — Vashington Irving, amerikalik yozuvchi.
  • 1863-yil — Henri van de Velde, belgiyalik me’mor, modern uslubi asoschilaridan biri.
  • 1873-yil — Yan Yanskiy, chex shifokori, qon guruhlarini toifalashning zamonaviy ko‘rinishini taklif qilgan.
  • 1924-yil — Marlon Brando, amerikalik aktyor, ikki «Oskar» sohibi.
  • 1930-yil — Helmut Kol, GFR federal kansleri (1982—1990-yillar), birlashgan Germaniya kansleri (1990—1998-yillar).
  • 1939-yil — Viktor Sadovnichiy, rossiyalik matematik, MGU rektori.
  • 1958-yil — Alek Bolduin, amerikalik aktyor.
  • 1961-yil — Eddi Myorfi, amerikalik aktyor, kinorejissyor, prodyuser.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring