27 yoshli bokschi Muhammad nokautdan so‘ng vafot etdi (video)
Pokistonlik bokschi Muhammad Aslam Xon vatandoshi Vali Xon Taringa qarshi xayriya jangidan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «The Sun» nashri xabar berdi.
27 yoshli sportchi Karachidagi shifoxonada olamdan o‘tdi. Bunga kuchli nokaut natijasida olgan ichki jarohatlar sabab bo‘lganligi aytilmoqda.
Jangni tashkillashtirish zarur xavfsizlik talablariga javob bermaganligi aniqlandi. Xususan, ringda tibbiyot xodimi bo‘lmagan.
2020-yil iyul oyida britaniyalik MMA jangchisi Jaro Sheperd 30 yoshida o‘ldirilganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Sportchi ko‘plab pichoq jarohatlaridan halok bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlari kurashchining hayotini asrab qolisholmagan.
O‘shandayoq biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan meksikalik 21 yoshli bokschi Xaver Gonsalesning to‘satdan vafot etganligi ma’lum bo‘ldi. Uning o‘limiga saraton sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter