Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

26-avgustdagi ahvol bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

26-avgustdagi ahvol bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Foto: Xabar.uz

2021-yil 26-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 153204 (+841) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
87 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
41 nafari Andijon viloyatida,
17 nafari Buxoro viloyatida,
28 nafari Jizzax viloyatida,
15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
15 nafari Navoiy viloyatida,
38 nafari Namangan viloyatida,
79 nafari Samarqand viloyatida,
18 nafari Sirdaryo viloyatida,
51 nafari Surxondaryo viloyatida,
83 nafari Farg‘ona viloyatida,
22 nafari Xorazm viloyatida,
105 nafari Toshkent viloyatida,
242 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1056 nafarni tashkil qildi. 

26-avgust kuni 361 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 22505 nafarga yetdi. Kecha ularning 350 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 15010 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 159 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring