24 kundan buyon davom etayotgan namoyish: Lochin–Xonkendi yo‘lida vaziyat qanday?
Ozarbayjon nodavlat tashkilotlari vakillari va ekofaollar Lochin–Xonkendi yo‘lidagi norozilik namoyishini yangi yildan keyin ham to‘xtatgani yo‘q. Qorabog‘ning Rossiya tinchlikparvar kontingenti nazorat qilayotgan hududida norozilik aksiyasi 24 kundan buyon davom etmoqda.
Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, namoyishchilar gumanitar maqsadda harakatlanayotgan mashinalarning yo‘l bo‘ylab harakatlanishiga to‘sqin qilmayotir. Masalan, Xonkendidan Lochinga kelayotgan Xalqaro qizil xoch qo‘mitasiga tegishli mashinalar to‘sqinliksiz o‘tgan.
Rasmiy Bokuga ko‘ra, hududning rus qo‘shini joylashgan qismida Ozarbayjonga tegishli tabiiy boyliklar noqonuniy ravishda qazib olinmoqda. Bu o‘rinda gap Qizilbuloq oltin va Temirli mis-molibden konlari haqida ketmoqda.
Ozarbayjon iqtisodiyot, ekologiya, tabiiy resurslar idoralari ekspertlari hududga monitoring uchun qo‘yilmagan. Boku ushbu holat bo‘yicha Moskvaga norozilik notasi topshirgan. Pirovardida mahalliy faollar e’tiroz ramzi sifatida 2022 yil 12 dekabr kuni namoyish boshlagan. Aksiya qatnashchilari Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondoni Andrey Volkovning hududga kelishi, tabiiy boyliklar qazib olinishi bo‘yicha monitoring o‘tkazish va ekologik terrorni to‘xtatishni talab qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter