230 million so‘m kreditni shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatgan fermer ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Sirdaryo boshqarmasi tekshiruvida Sayxunobod tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari T.O. budjet mablag‘larini talon-taroj qilganligi aniqlandi. Bu haqda prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, fermer xo‘jalik rahbari bank tomonidan chorva mollari sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini shartnomada ko‘rsatilgan maqsadga yo‘naltirmasdan, 230 million so‘mni naqdlashtirib, boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter