23-30-aprel kunlari uchun tezkor axborot e’lon qilindi
Gidrometeorologiya xizmati ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.
2024 yil 23-30-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda, jumladan:
-Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-23-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va toshqinlar kuzatilishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
24-aprelda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
25-26-aprel kunlari respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.
Ushbu kunlarda harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Harorat asosan kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 24-29 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter