23 000 AQSh dollarini aldov bilan qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, fuqaro A.A. tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga «Daxbet suv inshooti» korxonasiga qarashli 0,21 gektar yer maydonini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu joyda ishlab chiqarish sexi qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 23 100 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, shundan 1 500 AQSh dollarini ixtiyoriy ravishda qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter