Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22-may kuni ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin

22-may kuni ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi 22-may kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 24-26 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 26-31 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring