Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22-iyulning ajoyib fotosuratlari

22-iyulning ajoyib fotosuratlari

Foto: «Reuters»

«Interfaks» 22-iyulda sayyoramizning turli chekkalarida olingan fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi.

Niderlandiyaning Zandvort shahrida milliy chempionatlar arafasida figurali uchish bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi.

Britaniya shahzodasi Filipp Vindzor qal’asida qirollik o‘qchilar otryadining marosimida ishtirok etdi.

Zimbabveda kun botgandan tong otguncha komendantlik soati joriy etilgan. Politsiya kechki 6 dan ertalabki 6 gacha ko‘chada kimni ko‘rsa, hibsga olmoqda.

Germaniya Meklenburg federal yeri hukumati karantin davrida sabr qilgani uchun minnatdorlik sifatida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning hayvonot bog‘iga bepul kirishiga ruxsat berdi.

Shanxay xalqaro Pudun aeroportida yuk tashuvchi Boeing 777-200F Ethiopian Airlines samolyoti yonib ketdi.

Keyptaunda (JAR) restoran xodimlari uzoq davom etgan karantin cheklovlariga qarshi norozilik bildirishmoqda.

AQShning Quddusdagi elchixonasida qazilma ishlari paytida qadimiy majmua topildi.

Belarus ornitologi Vladimir Ivanovskiy «Kozyanskiy» respublika qo‘riqxonasi hududida yirtqich qushlarning inini monitoringdan o‘tkazdi.

San-Sebastyanda 55-jaz festivali bo‘lib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring