+216. Toshkent shahri, viloyati va Andijonda infeksiya yuqtirganlar aniqlandi
2020-yil 14-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 836 (+216) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 192 nafari Toshkent shahrida, 17 nafari Andijon viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yakkasaroy tumanida yashagan 70 yoshli R.G. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 56 yoshli M.A. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 171 nafar, Toshkent viloyatida 104 nafar, Samarqand viloyatida 75 nafar, Andijon viloyatida 8 nafar, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatilarida 6 nafardan, Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 44 375 (+373) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 065 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter