Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2100-yilga kelib inson 125-130 yoshgacha yashashi mumkin

2100-yilga kelib inson 125-130 yoshgacha yashashi mumkin

Foto: «Shutterstock/FOTODOM»

Vashington universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, 2100-yilga kelib inson umri 125-130 yoshga yetishi mumkin. «Demographic Research» ma’lumotlariga ko‘ra, ular so‘nggi o‘n yilliklar davomida Yer yuzida yuzlab odamlar soni sezilarli darajada ko‘payganligini ta’kidladilar.

Hozir dunyoda 100 yoshni qarshi olgan qariyb yarim million kishi bor. 110 yoshga to‘lganlar ancha kam. Ayni paytda sayyoradagi eng keksa odam — yaponiyalik 118 yoshli Kane Tanaka. Insoniyat tarixidagi mutlaq rekordchi esa 122 yoshida vafot etgan fransuz ayoli Janna Kalman hisoblanadi.

Olimlar inson umrining chegarasini o‘rganish uchun statistik modellashtirishni qo‘lladilar. Ta’kidlash joizki, zamonaviy olimlar qarishning ikki nazariyasini shakllantirishgan. Ulardan biriga ko‘ra, odam organizmida qarish va hujayralarni yo‘q qilish tezligi belgilab beradigan yosh chegarasi mavjud. Ikkinchisiga ko‘ra, inson umrining chegarasi yo‘q va ma’lum sharoitlarda biz xohlagancha yashashimiz mumkin.

Yangi ilmiy ish mualliflari 2100-yilga kelib dunyoning turli burchaklarida muayyan odamning eng uzoq umr ko‘rishi mumkinligini aniqladilar. Ular Yevropaning 10 ta mamlakati, shuningdek, Kanada, Yaponiya va AQShdan kelgan uzoq umr ko‘ruvchilarga oid ma’lumotlarni o‘rganishdi.

Statistik tahlil 2020-yildan 2100-yilgacha har 13 mamlakatda o‘limning mumkin bo‘lgan maksimal yoshini hisoblab chiqdi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bu vaqtga qadar uzoq umr ko‘rish bo‘yicha dunyo rekordi (122 yil 164 kun) 100% yangilanadi. Odamning 124 yilgacha yashash ehtimoli —  99%, 127 yoshgacha — 68%, 130 yoshgacha — 13% ni tashkil etadi. Faqat 135 yil umr ko‘rish ehtimoli kam.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring