Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2030 yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi.

2030 yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi.

Joriy yilning 28 aprel kuni Toshkent shahrida «Suv resurslarini kompleks boshqarish: qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash» mavzusida panel munozarasi bo‘lib o‘tdi.

Mutaxassislarning fikricha, 2040-2050 yillarga kelib suv resurslariga talab ortib borishi jahon iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarga olib kelishi muqarrar. Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2050 yilga borib Yer yuzida 5 milliarddan ortiq odam u yoki bu darajada suv tanqisligini boshdan kechiradi.

Ekspertlar Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun suv resurslarini kompleks boshqarishning ahamiyatini muhokama qilishdi.

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov suv resurslarining 80 foizi boshqa mamlakatlardan oqib kelishi, atigi 20 foizi mamlakatda hosil bo‘lishini ta’kidlagan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda 30-40 yil avval yaratilgan infratuzilmalar jiddiy modernizatsiyani talab qiladi. Aholi sonining o‘sib borishi natijasida hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilga borib O‘zbekistonga 7 milliard kub metr suv yetishmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, 7 milliard kub metr suv to‘lgan 3.5 ta Chorvoq suv omboridagi suv hajmiga teng ekvivalent qiymatiga teng.

Boston Consulting Group boshqaruvchi direktori va hamkori Igor Alekseevga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha suv tejovchi texnologiyalar va suv ob’yektlarini to‘liq modernizatsiya qilish tashabbuslari uchun 19 mlrd dollar mablag‘ kerak.

Shundan, 4 mlrd dollar nasos stansiyalari va 6 mlrd ga yaqini xo‘jalik sub’yektlariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun subsidiyalarga sarflanishi lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring