2024 yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi e’lon qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida to‘plangan barcha ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar ko‘rib chiqildi.
Baholash natijalariga ko‘ra, 50 ta davlat organi «yashil» (2023-yilda 31 ta), 35 tasi «sariq» (43 ta) va 13 tasi «qizil» (29 ta) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.
Joriy yil baholashda o‘tgan yilga nisbatan «yashil» toifada baholangan davlat idoralari ko‘lami 21 foizga ko‘payib, «qizil» toifadagilar 15 foizga (ijobiy o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha) kamaygan.
Tahlillar ko‘rsatishicha, bu yil reyting natijalari o‘rtacha 70 ballni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 8 ballga oshgan.
Eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ (91 ball), Soliq qo‘mitasi (90 ball), «O‘zavtosanoat» AJ (89 ball) va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ (89 ball) tomonidan ko‘rsatilgan.
Eng yuqori ijobiy o‘sish «Uzbekistan Airways» AJ (+42 ball), Transport nazorati inspeksiyasi (+46 ball), Sport vazirligi (+47 ball), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (+52 ball) tomonidan qayd etilgan.
Respublika darajasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (32 ball), Gidrometeorologiya xizmati agentligi (45 ball), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (50 ball) va Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (51 ball) qayd etib, «qizil» toifada baholangan.
Yakuniy natijalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun, indeks 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. Bu yilgi baholashda jami 98 ta ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter