Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023 yilda O‘zbekiston ODIN reytingida 30-o‘ringa ko‘tarildi

2023 yilda O‘zbekiston ODIN reytingida 30-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 195 ta mamlakat orasida 70 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.

Open Data Inventory (ODIN) – rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va ochiqlikni baholaydi.

Statistika agentligi Open Data Watch tashkiloti bilan 2019-yildan boshlab, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida hamkorlik qilib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) reytingida:

— 2015-yilda 125 ta mamlakat orasida 3 ball bilan 125-o‘rinni;

— 2016-yilda 173 ta mamlakat orasida 13 ball bilan 168-o‘rinni;

— 2017-yilda 180 ta mamlakat orasida 18 ball bilan 167-o‘rinni;

— 2018-yilda 178 ta mamlakat orasida 19 ball bilan 168-o‘rinni;

— 2020-yilda 187 ta mamlakat orasida 63 ball bilan 44-o‘rinni egallagan;

— 2022-yilda 192 ta mamlakat orasida 66 ball bilan 40-o‘rinni egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring