Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yil — Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili deb e’lon qilindi

2023-yil — Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili deb e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Unda davlatimiz rahbari 2023-yilni Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili, deb e’lon qilish taklifini ilgari surdi.

«Turkiy dunyomizning havas qilsa arziydigan buyuk tarixi, ulug‘ ajdodlari va beqiyos boyliklari bor.

Va men ishonaman, Turkiy dunyoni buyuk kelajak kutmoqda.

Bu kelajakni, hech shubhasiz, mehnatkash, bag‘rikeng va olijanob xalqlarimiz bilan birgalikda yaratamiz.

Ko‘hna Samarqand shahridagi sammitimiz esa, turkiy dunyo sivilizatsiyasining zamonaviy tarixida yangi yuksalish bosqichini boshlab beradi.

Bugun ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida ifoda etgan Samarqand deklaratsiyasi ham qabul qilinadi», dedi prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring