2022-yilning eng yaxshi sportchisi — GQ talqini
«Formula-1»ning ikki karra chempioni Maks Ferstappen, GQ jurnali talqiniga ko‘ra, 2022-yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Niderlandiyalik poygachi 16-noyabr kuni maxsus gala-oqshomda taqdirlanadi.
Joriy mavsumda Ferstappen «Formula-1»dagi faoliyati davomidagi ikkinchi chempionlikka erishdi. E’tiborli tomoni, u bu yilgi mavsumning 22 tadan 18-bosqichi — Yaponiya Gran-prisidayoq chempionlikni qatorasiga ikkinchi marotaba nishonladi.
Red Bull Racing poygachisi mavsum davomida g‘alaba qozonilgan bosqichlar soni bo‘yicha ham rekord o‘rnatdi — jami 14 ta. Ferstappen shu tariqa oldingi rekordchilar — Mixael Shumaxer va Sebastyan Fettel (13 tadan g‘alaba)dan o‘zib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter