Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rio-de-Janeyro metrosidagi otishma sodir bo‘lgan joydan olingan video tarqaldi

Rio-de-Janeyro metrosidagi otishma sodir bo‘lgan joydan olingan video tarqaldi

Foto: «M24.ru»

Rio-de-Janeyro metrosidagi otishma sodir bo‘lgan joydan olingan video tarqaldi. Hodisa oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Kadrlarda otishmadan keyingi dastlabki daqiqalar aks etgan; poyezd vagonida qurbonlar bor. Metroning ko‘plab yo‘lovchilari o‘qlardan yashirinishga urinib polga o‘tirib olishgan.

«Kp.ru» saytining yozishicha, hodisa 6-may, payshanba kuni shaharning shimoliy hududida joylashgan Jakarezinoda sodir bo‘lgan. Hammasi Rio-de-Janeyro politsiyasining reydi paytida yuz bergan. G1 portalining ma’lumotlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari «Qizil jamoa» (Comando Vermelho) giyohvand moddalar bilan shug‘ullanuvchi guruhning 22 nafar a’zosini yo‘q qilgan, bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Poyezdning ikki yo‘lovchisi va ikki politsiyachi jarohat olgan.

Globo telekanalining xabar berishicha, otishma natijasida 25 kishi, jumladan, jinoiy guruhning 24 a’zosi va bitta politsiyachi halok bo‘lgan. Qayd etilganidek, operatsiya bir necha soat davom etgan. Jinoyatchilar nafaqat giyohvandlik vositalarini tarqatishda, balki qotillik, bolalar va o‘spirinlarni o‘g‘irlash, shuningdek, mashinalar va poyezdlarni o‘g‘irlash bilan ham shug‘ullangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring