Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yil 1-iyundan boshlab ayollar va bolalarga dori-darmonlar bepul tarqatiladi

2021-yil 1-iyundan boshlab ayollar va bolalarga dori-darmonlar bepul tarqatiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Birlamchi bo‘g‘inning kamida 50 foiz ishi aholini to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy tarbiyaga o‘rgatish bo‘lishi lozim, deb ta’kidlandi Prezident raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, tibbiy davolash inson salomatligini ta’minlashning 10 foiz omili, xolos. Irsiy omillar 15 foiz, atrof-muhit 20 foiz va, eng asosiysi, turmush tarzi 55 foizni tashkil etadi.

Past jismoniy faollik, me’yordan ko‘p, ayniqsa, kechki payt ovqatlanish oqibatida aholining qariyb 30 foizida yuqori qon bosimi va 46 foizida xolesterin miqdori normadan ortiq.

60 foiz holatda koronavirusning og‘ir kechishi noto‘g‘ri turmush tarzidan kelib chiqqan yo‘ldosh kasalliklarga bog‘liqligini ko‘rsatdi.

Ya’ni sog‘lom turmush tarzi – to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik orqali qanchadan-qancha kasalliklarning oldini olish va insonlar hayotini saqlab qolish mumkinligini barcha birdek tushunishi kerakligi qayd etildi.

Shu bilan birga, foliy kislotasi va temir moddasi yetishmasligi 40 foiz ayollarda kuzatiladi, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 55 foizida temir moddasi yetishmasligi sababli kamqonlik kelib chiqmoqda. 70 foiz bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarda ichak parazitar kasalliklar mavjud.

Kelgusi yil 1-iyundan boshlab:

5 yoshgacha bo‘lgan bolalar vitaminlar va mikro-nutriyentlar bilan;

10 yoshgacha bolalar parazitlarga qarshi dorilar bilan;

homiladorlar, emizikli ayollar va 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar yod preparatlari bilan;

35 yoshgacha ayollar foliy kislotasi va ferrum bilan bepul ta’minlanadi.

Ushbu dori vositalari va vitaminlar oilaviy shifokorlar tomonidan bepul tarqatiladi.

Noto‘g‘ri ovqatlanish va nosog‘lom turmush tarzi qanday og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi yoshlarimizga bolalikdanoq o‘rgatilishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring