Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020 yilning asosiy rangi ma’lum qilindi

2020 yilning asosiy rangi ma’lum qilindi

Foto: «Babbel»

Ranglar va ularning inson faoliyati sohalariga ta’sirini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Amerikaning «Pantone» instituti mutaxassislari 2020yilning asosiy rangiga aniqlik kiritishdi. Bu klassik ko‘k rang — Pantone 19-4052 Classic Blue.

Foto: «Pantone»
Foto: «Say-Hi»

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, bu rang juda go‘zal, kechki osmonni eslatadi, inson qalbiga xotirjamlik ato etadi.

«Ushbu mustahkam ko‘k tus bizning kelajakni qurish mumkin bo‘lgan ishonchli va barqaror poydevor tomon intilishimizni ifodalaydi», — deyiladi institut sayti matbuot-relizida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu institut ko‘p yillardan beri yillarning eng asosiy rangini belgilab keladi. Masalan, yakuniga yetib borayotgan 2019-yil rangi «energiya va g‘amxo‘rlik bilan to‘ldiruvchi» «Jonli korall» sanaladi.

Foto: «Bracatus»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring