Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020-yilda qanday qonunlar ishlab chiqiladi?

2020-yilda qanday qonunlar ishlab chiqiladi?

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020-yildagi «2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 278-son qarori qabul qilindi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

Hujjat bilan ishlab chiqiladigan va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan dastur tasdiqlandi. Mas’ul vazirlik va idoralarga loyihalarni tayyorlash reja-grafiklarini tasdiqlash topshirilgan.

2020-yil oxirigacha 24 ta qonun loyihasi, xususan, «Transport to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida», «Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida», «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida», «Rasmiy statistika to‘g‘risida», «Kichik va o‘rta biznes to‘g‘risida», «Savdo to‘g‘risida»gi qonunlar, Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihalari tayyorlanishi va kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Qonun loyihalarining sifatli tayyorlanishi, muhokama qilinishi, ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.05.2020-yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring