Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020 — tarixdagi eng yomon yil — «Time»

2020 — tarixdagi eng yomon yil — «Time»

Foto: «Twitter»

Amerikaning nufuzli «Time» jurnali  yangi sonining muqovasiga «2020» raqami «qon bilan o‘chirilgan» suratni joylashtirdi. Bu ramziy tasvir orqali jurnal yakunlanayotgan yil tarixda eng yomoni bo‘lganiga ishora qilmoqda.

Jurnal xodimlari 2020-yilni bunchalik yomon ko‘rishiga asosiy sabab — koronavirus pandemiyasi. AQSh kasallikni yuqtirishlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda.

Ushbu muqovaga bog‘langan maqolada tanqidchi Stefani Zaxarek to‘g‘ri qayd etganidek, ayni paytda sayyoramizda yashayotgan hech kim bunaqa baloni ko‘rmagan.

«Agarda 2020-yil antiutopiya film bo‘lganida, ehtimol, tomoshabinlar 20 daqiqasini ko‘riboq televizorni o‘chirib tashlashgan bo‘lardi. Na g‘azablanish, na hayajonlanishni bilasan, qandaydir tushuniksiz apokalipsis», — degan Zaxarek.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring