2019-yilning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari aniqlandi
London, Parij va Rim — jahondagi eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari, bu haqda «TripAdvisor» xabar berdi.
G‘oliblar algoritm yordamida aniqlandi: mehmonxonalar va restoranlar haqidagi fikrlar va reytinglar, turli mamlakatlardagi voqealar o‘rganildi.
Britaniya poytaxti London birinchi o‘rinda — Bukingem saroyi, Kamden bozori, tarix, san’at, moda, mazali taomlar sayyohlarda unutilmas taassurot qoldirgan.
Parij (2-o‘rin) esa kruassanlari, Sena daryosi, Eyfel minorasi, Notr-Dam cherkovi bilan turistlarni ohanrabodek o‘ziga tortmoqda.
«Abadiy shahar» — Rim (3-o‘rin) esa ochiq osmon ostidagi muzeylari, maydonlari, bozorlari bilan mashhur.
Yetakchi beshlikka Gretsiya javohiri — Krit oroli, Indoneziyaning afsonaviy Bali oroli kiritilgan.
Pxuket (Tailand), Barselona (Ispaniya), Istanbul (Turkiya), «Qizil shahar» — Marrakesh (Marokash) hamda Dubay (BAA) yetakchi o‘nlikda.
Ro‘yxatga jami 25 yo‘nalish kiritilgan bo‘lib, ular orasida Praga, Siyem Rip (Kambodja), Nyu-York, Yamayka, Xanoy, Tokio, Playya-del-Karmen (Meksika), Lissabon, Katmandu, Jaypur (Hindiston), Hurgada (Misr), Gonkong, Kusko (Peru), Sidney va Tel-Aviv ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter