2018-yilgi davlat dasturi 5−15 yanvar kunlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 28-dekabrdagi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» yilida 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishiga muvofiq Prezidentning davlat maslahatchisi Otabek Murodov boshchiligida dastur loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, ushbu guruhga jamoatchilik, milliy va xalqaro ekspertlar fikri, shuningdek o‘tkazilgan anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlari natijalarini o‘rganish, 2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolarni tanqidiy o‘rganish vazifasi topshirildigan.
Dastur loyihasi 2018-yilning 5-yanvarigacha tayyor bo‘lishi lozim, shundan so‘ng 5−15-yanvar kunlari loyiha keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi. Jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida 20-yanvardan davlat dasturi loyihasi takomillashtiriladi. Eslatib o‘tamiz, Harakatlar strategiyasi ham jamoatchilik muhokamasidan so‘ng qabul qilingan edi.
2018-yilgi davlat dasturida Prezidentning 22-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida tilga olingan masalalarning aks ettirilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter