Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilda Superliga klublari 500 million, Pro-liga klublari esa 40 million so‘m badal to‘laydi. Bu pullar nimalarga sarflanadi?

2018-yilda Superliga klublari 500 million, Pro-liga klublari esa 40 million so‘m badal to‘laydi. Bu pullar nimalarga sarflanadi?

O‘zbekiston futbol federatsiyasi

Foto: O‘FF Matbuot xizmati

2018-yilgi mavsum reglamentida Superliga va Pro-liga klublaridan olinadigan mablag‘lar aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, 2018-yilning 1-fevraliga qadar Superliga klublari PFLga 500 000 000 (besh yuz million so‘m), Pro-liga jamoalari esa 40 000 000 (Qirq million so‘m) badal puli to‘lashlari kerak.

O‘FF rasmiy sayti xabariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar birinchi navbatda musobaqalarni o‘tkazish, sport inventarlari va zaruriy texnik vositalarni xarid qilish, klublarning turli yoshdagi jamoalari o‘rtasida Respublika birinchiliklarini o‘tkazish,ilmiy-metodik qo‘llanmalar nashr etish, chempionat uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar, nazoratchilar, komissarlar maoshlarini to‘lashga sarflanadi.

«Badal pullari miqdorini belgilashda yangi mavsumda jamoalar soni qisqargani, uchrashuvlar soni esa ko‘paygani ham inobatga olingan», — deyiladi rasmiy manbada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring