2 yoshli bolasini qiynoqqa solib, videoga olgan ota uzr so‘rab chiqdi
Bir necha kun oldin Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Guliston» mahallasida yashovchi 30 yoshli A.N. (erkak) oilaviy kelishmovchiliklar turmush o‘rtog‘i N.F.dan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini muttasil ravishda turli qiynoqlarga solib kelayotgani haqida xabar bergan edik.
30 yoshli ota pushaymonligini aytib, eng og‘ir jazoni olishga tayyorligini bildirdi.
«Oilaviy kelishmovchilik bo‘lgani sababli ozoroq spirtli ichimlik ichib, alamimni boladan olgan edim. Bu qilgan ishim o‘zbekchiligimizga to‘g‘ri kelmaydigan ish bo‘lgan. Uzr so‘rayman, qonunda qanday jazo belgilangan bo‘lsa, eng og‘irini o‘tashga tayyorman. Bundan buyog‘iga oila bilan yaxshi yashab, yaxshi ota bo‘laman», – degan ota.
Ma’lumot uchun, mazkur holat yuzasidan 2023 yil 13 may kuni Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi «a» bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter