Sun’iy intellektga ega miya. Uni yaratish uchun 2 milliard dollar sarflandi
«Computex 2018» yuqori texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasida «NVIDIA» kompaniyasi «Jetson Xavier» nomini olgan chipni taqdim etdi. Mazkur chip robotlar uchun miya vazifasini bajarishga mo‘ljallangan, deb xabar beradi «Hi-News».
Ushbu tizim asosida ichki sovutish tizimiga ega «Soc Xavier» platasi va turli interfeyslarga ulanishga yordam beradigan portlar yotadi. Plataning o‘zida 9 milliard tranzitlar mavjud bo‘lib, uning hisoblash quvvati 30 teraflopsga teng. Bundan tashqari unga 8 ta «CPU» yadrosi va 521 oqimli protsessori hamda 20 ta tranzit yadrolari o‘rnatilgan. Quvvatlanish uchun 30 vatt energiya kifoya qiladi. «NVIDIA» kompaniyasi ushbu chipni yaratish uchun 2 milliard dollar sarflagan.
«Ushbu kichkina kompyuter kelajak robotlarining miyasiga aylanadi. Bu kompaniyamiz tomonidan amalga oshirilgan eng uzoq va eng ko‘p mablag‘ sarflangan loyiha hisoblanadi. «Jetson Xavier» 10 ming dollar turadigan stansiyalarning ishini bajara oladi, biroq ulardan ancha arzon», — deydi «NVIDIA» prezidenti Jensyun Xuan.
«Jetson Xavier» 2018-yilning avgustidan boshlab 1299 dollardan sotuvga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter