+192. Toshkent «xavfli zona»ligicha qolmoqda

2020-yil 24-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 348 (+192) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent viloyatida, 82 nafari Toshkent shahrida hamda 10 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 68 yoshli A.E. (erkak), Chilonzor tumanida yashagan 67 yoshli Z.G. (ayol) hamda Chinoz tumanida yashagan 38 yoshli X.Ya. (ayol), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahrida 376 nafar, Toshkent viloyatida 141 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar, Xorazm viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 5 nafar, Farg‘ona viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, jami 564 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 35 551 (+564) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 517 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter