Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

19 yoshli Karlos Alkaras tennis tarixiga kirdi

19 yoshli Karlos Alkaras tennis tarixiga kirdi

Foto: XSport.ua

US Open-2022 chempioni, ispaniyalik 19 yoshli tennischi Karlos Alkaras serb Novak Jokovich o‘rnatgan rekordni yangilab, tarixga kirdi.

Yosh ispan mavsum boshida ATP reytingida 32-o‘rinda edi, 31 pog‘ona sakrab 2022-yilni 1-o‘rinda yakunladi. Bu tennis tarixida jahonning birinchi raketkasi uchun mavsumni yakunlash bo‘yicha mutlaq ko‘rsatkich sanaladi.

Novak Jokovich besh yil avval mavsumni 12-o‘rinda boshlab, 1-o‘rinda yakunlagandi. 20 yil muqaddam esa amerikalik Endi Roddik 10-o‘rindan eng yuqori o‘ringa sakragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring