189 ball to‘plab ham «kontrakt»ga kirganlar davlat grantiga o‘tkazilishi aytildi
Joriy yilgi OTMlarga qabul uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ayrim ta’lim muassasalarida eng yuqori – 189 ball to‘plab ham to‘lov-shartnoma asosida o‘qishi haqida ogohlantirish olgan talabalar haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunga oliy ta’lim tizimiga qabul jarayonlarida qator toifa abituriyentlarga berilgan imtiyozlar sabab bo‘lgan.
Xususan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ham maksimal ball to‘plab, «kontrakt»ga o‘qishga kirgan abituriyent bщlib, ularning Prezident imtiyozi asosida davlat grantida o‘qishi aytilmoqda.
«Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining «Xalqaro munosabatlar» yo‘nalishiga maksimal 189 ball to‘plab, to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan 5 nafar iqtidorli abituriyentning barchasi Prezident tomonidan berilgan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida o‘qiydi», – deb yozmoqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni qabul qilingan.
Unga ko‘ra, quyidagi abituriyentlar:
- Axatova Aziza Shuxrat qizi (ID 4853579);
- Abdulvoxidova Muxayyoxon Lutfullo qizi (ID 3828815);
- Xo‘jabekov Ubaydullo Ne’matovich (ID 4760075);
- Irgasheva Muxlisa Azizbek qizi (ID 4849242);
- Tilavoldiyev Sanjar Zafarjon o‘g‘li (ID 4849316) Prezidentimiz tomonidan berilgan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida o‘qiydi.
Eslatib o‘tamiz, ayni shu mavzu atrofida faol jamoatchilik ijtimoiy tarmoqlar orqali oliy ta’limdagi imtiyozlarni umumiy kvotadan tashqari bo‘lishi kerakligini so‘rab keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter