«179 ta paxsali maktabni yo‘qotish uchun sizlarga nima kerak?» — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirishga oid videoselektorda barcha viloyat hokimlariga respublikadagi 179 ta paxsali maktablarni shu yilning o‘zida yo‘q qilishga topshiriq bergan.
«1 yilda 2 mingta maktabni attestatsiya qilib bo‘ladimi? Qip-qizil qog‘ozbozlik bu! Qaysi maktab ta’miriga qancha pul kerakligini eng kichkina mutaxassis hal qiladi. Tanish-bilishchilik, korrupsiya bor. 179 ta paxsadan qurilgan maktabni tariximizdan yo‘q qilish uchun sizlarga nima kerak?», deya hokimlarga yuzlangan davlat rahbari.
Shuningdek, yig‘ilishda yangi xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha strategiyani tuzish bo‘yicha topshiriq olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter