Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16 yoshli Sharifa kattalar o‘rtasida ham Osiyoda tengsiz bo‘ldi!

16 yoshli Sharifa kattalar o‘rtasida ham Osiyoda tengsiz bo‘ldi!

Qozog‘istonning Astana shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi qit’a birinchiligining ikkinchi kun dasturi yakunlandi.

Uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan 16 yoshli Sharifa Davronova eng yuqori natija qayd etib, kattalar o‘rtasida ham tengsiz ekanini ko‘rsatdi. 13.98 metr natija hamyurtimizga chempionlikni taqdim qildi.

Sharifa Davronova (O‘zbekiston) – 13.98 metr

Mariko Marimoto (Yaponiya) - 13.66

Chen Tin (Xitoy) - 13.52

Eslatib o‘tamiz, Sharifa Davronova yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni  hamda 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempioni hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring